top of page

Yangi hamkorlik!

Writer: TIUTIU

Toshkent Xalqaro universiteti va Jetyisu Universiteti hamkorlik bitimini imzoladi


24-fevral kuni Toshkent Xalqaro universiteti va Jetyisu Universiteti o‘rtasida rasmiy hamkorlik bitimi imzolandi. Ushbu kelishuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi akademik hamkorlikni rivojlantirish va ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.


Uchrashuv davomida tomonlar:


Talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish;

Qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;

Ilmiy tadqiqotlar va konferensiyalarni birgalikda tashkil etish;

Innovatsion loyihalar va grant dasturlarida hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildilar.


Jetyisu Universiteti haqida qisqacha ma’lumot


Jetyisu Universiteti – Qozog‘istonning Taldiko‘rg‘on shahrida joylashgan yetakchi davlat universitetlaridan biri bo‘lib, 1972-yilda tashkil etilgan. Universitet turli sohalar bo‘yicha bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlarini taklif qiladi.

Ta’lim yo‘nalishlari ichida huquq, iqtisodiyot, pedagogika, tabiiy va texnik fanlar muhim o‘rin tutadi.

Universitet 60 dan ortiq xalqaro hamkorlarga ega bo‘lib, talabalarga xalqaro almashinuv va qo‘shma ilmiy tadqiqotlar imkoniyatini yaratadi.


 
 
 

Comments


Tashkent International University

+998 95 131-55-55

+998 95 383-55-55

info@tiu.uz

bottom of page