top of page

Universitet tarixi

Tashkent International University — Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida joylashgan xususiy universitet. 2023-yil oktyabr oyida talabalar uchun oʻz eshiklarini ochdi.

Universitetda toʻrtta boʻlim mavjud: Biznes, Ta'lim, IT va Chet tillar. Biz mazkur sohalarda bakalavriat va magistratura dasturlarini taklif qilamiz.

TIU Biznes boʻlimi iqtisodiyot, moliya, marketing, menejment, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar kabi mutaxassisliklar boʻyicha dasturlarni taklif etadi. Ushbu kursni tamomlagan talabalar kuchli tahliliy va tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega biznes mutaxassislari boʻlib yetishishadi.

TIUning Ta’lim boʻlimi talabalarni maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, psixologiya kabi turli yoʻnalishlar boʻyicha oʻqituvchi va tarbiyachi boʻlishga tayyorlaydi. Ushbu kurs bitiruvchilari oʻz talabalarini ilhomlantira oladigan va rag'batlantira oladigan samarali oʻqituvchilarga aylanadi.

TIU IT boʻlimi kompyuter injiniringi, dasturiy injiniring, axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik boʻyicha mutaxassisliklarnitaklif etib, tabalarga eng yangi texnologiyalar boʻyicha mutaxassis boʻlishiga yordam beradi va dasturiy a'minotni ishlab chiqish, kiberxavfsizlik va ma'lumotlarni tahlil qilish kabi turli sohalarda ishlashga tayyorlaydi.

TIUning Chet tillari boʻlimi tarjima, tarjimonlik va til oʻrgatish kabi yoʻnalishlar boʻyicha mutaxassisliklarni talabalarga taklif etadi. Ushbu kurs talabalari turli tillarni oʻrganish orqali yozma va og'zaki shaklda samarali muloqot boʻyicha mutaxassisga aylanadi.

TIU da yuqori malakali professor-oʻqituvchilar va oʻz sohasining mutaxassislari boʻlgan tajribali oʻqituvchilar talabalarga dars beradi. Ularning keng koʻlamli oʻqitish va tadqiqot tajribasi akademik mukammallik uchun yuqori standartni oʻrnatadi. Shuningdek, TIU tadqiqot va innovatsiyalarga katta e'tibor qaratadi va talabalarni tadqiqot faoliyatiga jalb qilish va sanoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilishiniqoʻllab-quvvatlaydi.

TIU dunyoning nufuzli jahon universitetlari va tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatib, talabalarning xorijda ta’lim olishlari hamda xalqaro tajriba orttirishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi.

Xulosa qilib aytganda, biz talabalarimizga har tomonlama yordam beramiz, tanlagan kasb va shaxsiy hayotlarida muvaffaqiyat qozonishlariga oʻz hissamizni qoʻshamiz.

bottom of page