top of page
c5.png
IMKONIYATLAR

Universitet kutubxonasi talabalar va professor-o‘qituvchilarga boy bilim va resurslarni taqdim etuvchi kampusning intellektual markazi hisoblanadi. U kitoblar, tadqiqot materiallari va raqamli resurslarning keng to'plamini oʻzida jamlagan. Bu esa oʻqib-o'rganish va tadqiqot uchun sokin va qulay joy demakdir. Kitoblardan tashqari, TIU kutubxonasi onlayn ma'lumotlar bazalari, tadqiqot uchun keng koʻlamli ilmiy yordam va qulay o'qish joylarini taklif qiladi, bu esa kutubxonani akademik muvaffaqiyat va intellektual o'sish uchun muhim manzil boʻlishiga xizmat qiladi.

Kutubxonadan kitob olish qonun-qoidalari

  •  Talabalar talabalik guvohnomasi bilan kitob olishlari mumkin.

Kitob olish muddati

  • Bakalavr talabalari: (1) oy uchun besh (5) kitob

  • Magistratura talabalari: (1) oy uchun o'n (10) kitob

Talabalar muddatni uzaytirishlari yoki kitobni bir marta qaytadan olishlari mumkin. Agar qarzga olingan kitoblar muddati o'tib ketgan bo'lsa, talaba o'tgan kunlar soniga qarab kitob olishi cheklanadi.

Muddati o'tgan kitoblar bilan talabalar boshqa kitoblarni ma’lum muddat olish imkoniyatiga chek qoʻyiladi.

Kutubxonaning 1-qavatida joylashgan Nusxa koʻchirish xonasi chop etish va nusxa ko'chirish xizmatini taqdim etadi.

• Xizmat ko'rsatish vaqti: 09:00 - 18:00 (hafta davomida)

bottom of page