top of page
Search

“Milliy armiya - Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!”

  • Writer: TIU
    TIU
  • 2 days ago
  • 1 min read

14-yanvar - O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Tashkent International Universityda “Milliy armiya - Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida bayram tantanalari bo’lib o’tdi.


Bayram tadbirini universitet rektori I.B. Yuldashev kirish so’zi bilan ochib, mamlakatimiz mustaqilligi va davlat chegaralarining daxlsizligini ta’minlash, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini muhofaza qilish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi.


Bayram tadbirida:


Navro‘zov Abubakr Davlyatovich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri maslahatchisi, Respublika faxriylar kengashi raisi, polkovnik;


Xushvaqov Gulmurod Keldiyarovich — Toshkent shahar Faxriylar kengashi raisi, polkovnik;


Rajabov Valijon Soliyevich — Toshkent shahar Faxriylar kengashi a’zosi, polkovnik ishtirok etdilar.


Tadbirda faxriylar, harbiy soha vakillari hamda ijodiy jamoalar ishtirok etib, yoshlar uchun vatanparvarlik tuyg’usini oshirishga xizmat qiluvchi mazmunli chiqishlar namoyish etishdi.

 
 
 

Comments


Tashkent International University

+998 95 131-55-55

info@tiu.uz

bottom of page