top of page
Search

🌐 Xalqaro tadbirda ishtirok

  • Writer: TIU
    TIU
  • Jul 4
  • 1 min read
ree

2025-yil 25-iyun kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi Ibn Xaldun universitetida TÜRKÜNİB va Orhun almashuv dasturi boʻyicha xalqaro seminar boʻlib oʻtdi.


Ushbu tadbirda Tashkent International University vakili sifatida universitetimiz Ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori Sherzod Xannayev qatnashdi. Seminar davomida Orhun almashuv dasturi bo‘yicha kiritiladigan oʻzgarishlar, dastur uchun maxsus jamg'arma tashkil qilish va dastur jozibadorligini oshirish hamda talabalarni jalb qilish uchun zarur choralar koʻrish kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi. Shuningdek, TÜRKÜNİB'ning Markaziy Muvofiqlashtiruvchi Ofisini tashkil etish, davlatlararo ECTS kredit tizimini uyg'unlashtirish, moliyaviy masalalar, raqamli infratuzilmani rivojlantirish kabi masalalar ham muhokama qilindi.

🏛 Eslatib oʻtamiz, Tashkent International University 2025-2026 yillar davomida TÜRKÜNİB raisligini amalga oshiradi. Bu esa universitetimizning xalqaro maydondagi nufuzini oshirib, hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish imkoniyatini yaratadi.


Mazkur tadbir universitetlararo hamkorlik va xalqaro almashinuvlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.


🌐 TIU – xalqaro hamkorlik va taraqqiyot yoʻlida!

 
 
 

Comments


Tashkent International University

+998 95 131-55-55

+998 95 383-55-55

info@tiu.uz

bottom of page