Xalqaro hamkorlik yo‘lida yana bir katta qadam!
- TIU

- Jul 23
- 1 min read
Tashkent International University (TIU) va Moskva shahridagi taniqli "Synergy" universiteti o‘rtasida onlayn tarzda akademik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.
Mazkur hamkorlik bitimi asosida ikkala universitet talabalariga mo‘ljallangan qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, akademik almashinuvlarni kengaytirish hamda iqtisodiyot va zamonaviy bank biznesi yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda.
Ushbu muhim hujjatni TIU ijrochi direktori Iskandar Yuldashev va "Synergy" universiteti rektori Artyom Vasilyev imzoladilar.
Kelishuv doirasida talabalar ikki universitetning ham diplomlariga ega bo‘lish, xalqaro ilmiy tajribalar va ilg‘or ta’lim imkoniyatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shu bilan birga, professor-o‘qituvchilar uchun ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va yangi innovatsion loyihalarni yaratish imkoniyatlari yanada oshadi.
Biz ushbu hamkorlik orqali talabalarimiz va professor-o‘qituvchilarimiz xalqaro standartlarga mos bilim olishlari va global miqyosda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishlariga ishonamiz.


















Comments