Xalqaro hamkorlik shartnomasi imzoladi!
- TIU
- Apr 24
- 1 min read
Tashrif doirasida Tashkent International University va Educational Testing Service (ETS) tashkilotining O'zbekistondagi vakili TOPSCORE Test Center o‘rtasida rasmiy hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Ushbu shartnoma doirasida TOEFL iBT ingliz tili test xizmatlarini taqdim etish orqali ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ikki tomonlama ilmiy, ta’limiy, texnik hamkorlikni mustahkamlash, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda xalqaro baholash tizimlarini tatbiq etishni ko‘zda tutadi.
Xorijiy tillar kafedrasining ingliz tili pedagog-o'qituvchilarini malakasini yanada oshirish maqsadida ETS tomonidan TOEFL Teaching Skills Workshop trening o'tkazishni ham kelishib olindi.
Bu tashrif Tashkent International Universitetining xalqaro miqyosdagi hamkorliklarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Commentaires