top of page

#Xalqaro hamkorlik

Writer: TIUTIU

Updated: Nov 1, 2024


Joriy yilning 30-oktyabr kuni Tashkent International University va Britaniya Kengashi o'rtasida hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Uchrashuvda universitet rahbari Iskandar Yuldashev, hamda Britaniya Kengashi Hamkorlar bilan ishlash bo’yicha menejeri Amirsaid Sadikov va jamoasi ishtirok etdi.


Uchrashuv davomida Britaniya Kengashi va universitetning uzoq yillik hamkorlik rejalari muhokama qilindi. Shuningdek, Britaniyadagi Oliy ta'lim muassasalari bilan aloqalar, talabalarning ingliz tilini bilish darajasini aniqlash bo'yicha IELTS imtihonlarini tashkil etish va o'tkazish, iqtisodiy yo'nalishda o'qiyotgan talabalar uchun ACCA xalqaro sertifikati bo'yicha o'qitish masalalari hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.


 
 
 

Comments


Tashkent International University

+998 95 131-55-55

+998 95 383-55-55

info@tiu.uz

bottom of page