Toshkentda TÜRKÜNİBning 8-Bosh Assambleyasi boshlandi!
- TIU

- Oct 15
- 1 min read
Ma’lumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida O‘zbekiston 2025–2026-yillarda Turkiy universitetlar ittifoqi (TÜRKÜNİB)ga raislik qilishi davrida “Turkiy ilm-fan va innovatsiyalar kunlari”ni o‘tkazish tashabbusini ilgari surgan edi (https://gov.uz/oz/edu/news/view/93309).
Bugun ushbu tashabbus amalda: Toshkent xalqaro universitetida TÜRKÜNİBning 8-Bosh Assambleyasi o‘z ishini boshladi.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanychbek Omuraliyev, Turkiy akademiya prezidenti Shahin Mustafayev, Toshkent xalqaro universiteti rektori Iskandar Yo‘ldoshev ochib berdi.
Assambleyada tashkilotga a’zo mamlakatdan 70 ga yaqin universitet vakillari, jumladan 200 nafarga yaqin rektor va olimlar qatnashmoqda.
Tadbir doirasida “Turkiy ilm-fan va innovatsiyalar kunlari” tashabbusi muhokama qilinmoqda hamda O‘zbekiston universitetlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
























Comments