top of page
Search

🎓Toshkent Xalqaro Universitetida (TIU) xalqaro miqyosdagi taniqli professorlar ishtirokida maxsus ma’ruzalar seriyasi muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tdi.

  • Writer: TIU
    TIU
  • Jun 25
  • 1 min read

🟢Tadbir doirasida ilk ma’ruzani Jorj Meyson universiteti (Koreya) professori, siyosiy fanlar doktori Prof. Intaek Xan olib bordi. U “Qarish, past tug‘ilish va milliy byudjet” mavzusida chiqish qilib, demografik o‘zgarishlarning iqtisodiy siyosat va davlat moliyasiga ta’sirini chuqur tahlil qildi. Shuningdek, O‘zbekiston demografik siyosati va holati bo‘yicha o‘zining ilmiy tavsiyalarini berdi.


🟢Ikkinchi ma’ruza Handong Global universiteti (Koreya) professori, iqtisodiyot fanlari doktori Prof. Jinwon Ahn tomonidan “Sun’iy intellekt davrida bank ishi va moliya” mavzusida taqdim etildi. Professor Jinwon Ahn bank va moliya tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarining joriy qilinishi bilan bog‘liq yangi imkoniyatlar va yuzaga kelayotgan murakkabliklarni batafsil yoritdi. Ushbu mavzu tinglovchilarning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi.


🔹Mazkur xalqaro ma’ruzalar seriyasi universitet jamoasi uchun ilmiy va amaliy jihatdan boy tajriba bo‘ldi. Tadbir yakunida universitet rahbariyati tomonidan mehmon professorlarga minnatdorlik bildirildi va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida kelishib olindi.


TIU – xalqaro bilim va tajriba almashinuvi markazi!

 
 
 

Comments


Tashkent International University

+998 95 131-55-55

+998 95 383-55-55

info@tiu.uz

bottom of page