Toshkent Xalqaro Universitetida mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayoni
- TIU

- Aug 26
- 1 min read
Toshkent Xalqaro Universitetida 2025-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) hujjat topshirgan talabgorlar bilan suhbat o‘tkazildi.
Ushbu jarayon Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tasdiqlangan Nizom asosida tashkil etildi.
Suhbat quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha o‘tkazildi:
08.00.07 — Moliya, pul muomalasi va kredit
08.00.02 — Menejment
08.00.16 — Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya
Ixtisosliklari bo‘yicha imtihonlar soha mutaxassislaridan iborat komissiya a’zolari tomonidan Nizom talablari asosida adolatli tarzda baholab borildi.
Suhbat davomida talabgorlarning ilmiy izlanish qobiliyatlari, tanlangan mavzu bo‘yicha bilim va tushunchalari, shuningdek, tadqiqot yo‘nalishidagi amaliy ko‘nikmalari muhokama qilindi.










Comments