top of page
Writer's pictureTIU

Toshkent Xalqaro Universitetida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi


Toshkent Xalqaro Universitetida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida muhokama va davra suhbati tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi – talabalarda korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqida tushuncha hosil qilish, odil va shaffof jamiyat qurishning ahamiyatini tushuntirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini targ‘ib qilish edi.


Suhbat davomida korrupsiya holatlari, ularning kelib chiqish sabablari va oldini olish usullari haqida atroflicha fikr almashildi.


Davra suhbatida ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi kurashda har bir fuqaroning, ayniqsa, yoshlarning faol ishtiroki zarurligini ta’kidladilar. Talabalarga qonun ustuvorligini ta’minlash va korrupsiyasiz jamiyatni shakllantirishda qanday hissa qo‘shishlari haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, mavzu doirasida qiziqarli savol-javoblar va ochiq muloqotlar tashkil etildi.

15 views0 comments

Recent Posts

See All

Comments


bottom of page