Toshkent xalqaro universitetida "DIREKTOR KUBOGI 2025" futbol musobaqasi bo'lib o'tdi!
- TIU
- May 1
- 1 min read
Musobaqa davomida jamoalar o‘zaro keskin raqobat olib borishdi, har bir o‘yin murosasiz va qiziqarli kechdi. Talabalar nafaqat jismoniy tayyorgarliklarini, balki jamoaviy hamjihatlik va strategik o‘yin ko‘nikmalarini ham namoyish etishdi.
29-apreldan 1-maygacha davom etgan Direktor Kubogi musobaqasida talabalar jamoalari o‘zlarining fidoyiligi, jamoaviy o‘yini va cheksiz g‘alabaga intilishi bilan ajralib turdi.
Har bir jamoa faxriy diplomlar va quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi:
1-o'rin: 2 000 000 so‘m;
2-o'rin: 1 500 000 so‘m;
3-o'rin: 1 000 000 so‘m;
Musobaqa davomida sport ruhi, do‘stlik va sog‘lom raqobat asosiy g‘oyamiz bo‘ldi. Direktor Kubogi har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladi — bu hali boshlanishi!
Commenti