Toshkent Xalqaro Universiteti (TIU) Malayziyaning nufuzli INTI International University bilan o‘zaro anglashuv memorandumi (MoU) imzoladi. Ushbu kelishuv ikki oliygoh o‘rtasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot
- TIU

- Sep 12
- 1 min read

✅Memorandum doirasida qo‘shma ta’lim tashabbuslari, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, ilmiy-tadqiqot hamkorligi, yozgi va qishki maktablar, seminarlar hamda qo‘shma konferensiyalar kabi keng ko‘lamli dasturlar rejalashtirilgan.
✅INTI International University — Malayziyaning Seremban shahrida joylashgan yirik xususiy oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, 1986-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda u biznes, boshqaruv, axborot texnologiyalari, muhandislik, sog‘liqni saqlash, san’at va dizayn yo‘nalishlarida sifatli ta’lim beruvchi xalqaro darajadagi universitet sifatida tan olingan. INTI dunyoning ko‘plab mamlakatlari bilan keng qamrovli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.
🟢Mazkur hamkorlik TIU talabalari uchun yangi xalqaro imkoniyatlarni ochib beradi: xorijiy tajriba orttirish, kreditlarni tan olish, ingliz tilidagi akademik muhitda o‘qish hamda xalqaro stajirovka dasturlarida qatnashish imkoniyati yaratadi.
🟢TIU va INTI o‘rtasidagi ushbu memorandum ikki oliygohning akademik salohiyatini yanada kuchaytiradi va kelajakda talabalarga keng istiqbolli ta’lim imkoniyatlarini taqdim etadi.




Comments