top of page
Search

TIUda zamonaviy ta’limga innovatsion yondashuvlar bo‘yicha seminar tashkil etildi

  • Writer: TIU
    TIU
  • May 23
  • 1 min read


2025-yil 23-may kuni Toshkent Xalqaro Universitetida “Zamonaviy ta’limda innovatsion yondashuvlar: pedagogik metodlar, raqamli texnologiyalar va akademik boshqaruv” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qozog’iston Respublikasidan tashrif buyurgan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari hamda direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdilar.


Seminarning asosiy maqsadi – ishtirokchilarning innovatsion pedagogik metodlar, raqamli texnologiyalarni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish va akademik boshqaruv bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, hamda ushbu yondashuvlarni amaliyotga samarali joriy etish orqali ta’lim sifatini yuksaltirishdan iborat bo‘ldi.


Tadbir universitet direktori I.Yuldashevning ochilish so‘zi bilan boshlandi. U o‘z nutqida ta’lim sohasida yuz berayotgan jadal o‘zgarishlar fonida pedagoglarning zamonaviy yondashuvlarni o‘zlashtirishi zarurligini ta’kidladi.


Seminar doirasida bir nechta muhim ma’ruzalar tinglandi:

• Ganiyeva Muborak Adilovna, TIU innovatsion ta’lim va iqtidorli talabalar bilan ishlash departamenti boshlig‘i, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, “Talaba kompetensiyalarini shakllantirishda interaktiv metodlar va innovatsion pedagogik yondashuvlar” mavzusida nutq so‘zlab, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

• Alisher Abdullayev “Raqamli transformatsiya sharoitida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim va texnologiyalarning integratsiyasi” bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

• Shoxruz Ruziyev “Oliy ta’limda akademik boshqaruvning strategik modellari: sifat, shaffoflik va xalqaro integratsiya” mavzusida taqdimot qildi.


Seminar yakunida ishtirokchilar zamonaviy ta’lim texnologiyalari va boshqaruv yondashuvlariga doir yangilangan bilimlarga ega bo‘lishdi, o‘zlarining kelgusidagi kasbiy faoliyatida bu yondashuvlarni qo‘llashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.


Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

 
 
 

Comments


Tashkent International University

+998 95 131-55-55

info@tiu.uz

bottom of page