top of page
Search

TIUda Orientation Week haftaligi boshlandi!

  • Writer: TIU
    TIU
  • Sep 15
  • 1 min read

Bugun Toshkent Xalqaro Universitetida Orientation Week — birinchi kurslar maktabining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida universitetning masofaviy ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun maxsus tanishtiruv darslari va moslashuv dasturlari start oldi.


Ochilish marosimida TIU rahbariyati so‘zga chiqib, yangi o‘quv yilida talabalarning hayotida boshlanayotgan bu muhim bosqichni qutlab, ularga ilmiy faoliyatlarida omad va yutuqlar tiladi. Universitetning yangi a’zolari iliq kutib olindi va ularning talabalik yo‘lidagi ilk qadamlari ko‘tarinki ruhda nishonlandi.


Eslatib o‘tamiz, 17-sentabrdan boshlab kunduzgi ta’lim yo‘nalishidagi birinchi kurs talabalarini ham qiziqarli, mazmunli va unutilmas dasturlar kutmoqda. Haftalik davomida turli uchrashuvlar, motivatsion ma’ruzalar va talabalarni birlashtiruvchi tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

 
 
 

Comments


Tashkent International University

+998 95 131-55-55

info@tiu.uz

bottom of page