top of page
Search

TIUda "Kitoblar yarmarkasi" bo‘lib o‘tdi!

  • Writer: TIU
    TIU
  • 3 days ago
  • 1 min read

13-may kuni Tashkent International Universityda “Business Book Fest” loyihasi doirasida A-bino foyesida navbatdagi yirik “Kitob yarmarkasi” tashkil etildi.


Yarmarkada "G‘afur G‘ulom", "Yangi avlod", "Adolat" kabi nashriyotlarning eng sara asarlari, huquqiy adabiyotlar va bugungi kunning best-seller kitoblari taqdim etildi.


Tadbir davomida talabalar va o‘qituvchilar turli janrdagi kitoblar bilan tanishib, o‘z kutubxonalarini boyitish imkoniga ega bo‘lishdi.


Qayd etish joizki, mazkur nashriyotlar xalqaro kitob ko‘rgazmalarida O‘zbekiston delegatsiyasi nomidan faol ishtirok etib, bir qator mukofotlarga loyiq deb topilgan.


TIU kitobsevarlari uchun bu nafaqat savdo maydoni, balki bilim va ilhom manbai bo‘ldi.

 
 
 

Comments


Tashkent International University

+998 95 131-55-55

+998 95 383-55-55

info@tiu.uz

bottom of page