TIU — Xalqaro Hamkorlikda Yangi Ufqlar Sari!
- TIU
- Jun 13
- 1 min read
Updated: 5 days ago
2025-yil 13-iyun, Juma kuni, Tashkent International University (TIU) o‘z nufuzli mehmonlarini kutib oldi — universitetimizga Xitoyning Sanya Universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Delegatsiyaga rahbarlik qilgan Che Yi — Sanya Universitetining vitse-prezidenti va shu bilan birga, Xitoyning yirik sanoat kompaniyasi Geely Group’ning iqtidorlarni rivojlantirish bo‘yicha vitse-prezidenti hisoblanadi.
Mehmonlarni TIU direktori Iskandar Yuldashev rasmiy ravishda qabul qilib, universitet faoliyati, xalqaro aloqalari va kelgusidagi strategik rejalar bilan tanishtirdi.
Uchrashuv davomida quyidagi strategik yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi:
- Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi;
- Qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy loyihalar va tajriba almashinuvi;
- TIU talabalarining Xitoydagi yetakchi universitetlarda qisqa va uzoq muddatli o‘quv dasturlarida qatnashishi;
- Geely Group’ga qarashli universitetlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali amaliyot va karyera imkoniyatlarini kengaytirish.
Uchrashuvda, shuningdek, Geely Group tarkibiga kiruvchi universitetlarni bog‘lovchi virtual platforma - Xinwei Instituti bilan hamkorlikda Xitoy tilini o‘qitish loyihalari bo'yicha ham kelishuvlarga erishildi. Xususan:
- Xitoy tilini o‘rganishga qaratilgan qisqa va uzoq muddatli sertifikatli kurslarni TIUda yo‘lga qo‘yish;
- Tajribali xitoylik o‘qituvchilarni jalb qilish;
- Hamkorlikda til va madaniyat almashinuv markazini tashkil etish takliflari ko‘rib chiqildi.
Mazkur tashrif TIUning xalqaro ta’lim hamjamiyatidagi mavqeini mustahkamlab, talaba-yoshlarimiz uchun yangi bilim manbai va global imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Comments