top of page
Search

Tashrif rasmiy uchrashuv bilan boshlandi.

  • Writer: TIU
    TIU
  • Nov 7
  • 1 min read

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev boshchiligidagi delegatsiya va Tashkent International University rahbariyati o‘rtasida mazmunli muloqot bo‘lib o‘tdi.


Suhbat davomida yoshlarning ta’lim va innovatsion loyihalardagi faolligini oshirish, ularni amaliy qo‘llab-quvvatlash hamda universitet va agentlik o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.


Tashrif davomida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev hamda agentlik jamoasi TIU talabalari bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi.


Uchrashuv iliq va ochiq muloqot tarzida o‘tdi.

Har bir fikr, har bir savol — yoshlar bilan ishlashda yangicha yondashuv zarurligini yana bir bor ko‘rsatdi.


Bu muloqot TIU talabalari uchun katta motivatsiya, yangi g‘oya va ishonch manbai bo‘ldi.


Uchrashuv yakunida tomonlar yoshlar uchun birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

 
 
 

Comments


Tashkent International University

+998 95 131-55-55

info@tiu.uz

bottom of page