Tashkent International Universityning Biznes va innovatsioon ta'lim fakulteti tomonidan "A Day in Nature" (Tabiat qo'ynida bir kun) loyihasiga start berildi.
- TIU
- Apr 21
- 1 min read
Joriy yilning 19-aprel kuni Biznes va innovatsion ta’lim fakulteti tashabbusi bilan “A Day in Nature” (Tabiat qo‘ynida bir kun) loyihasi doirasida talabalar uchun unutilmas sayohat tashkil etildi.
Toshkent viloyatining Krasnagorskiy vodiysiga sayohat davomida talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlarni tabiatga bo'lgan munosabatini yanada yaxshilash hamda ijtimoiy faolligi, jamoaviy hamkorligi va dam olish madaniyatini oshirishga xizmat qiluvchi ochiq osmon ostida turli o‘yinlar va tadbirlar o‘tkazildi.
Dastur davomida talabalar “Live Music Fest” orqali gitara va qo‘shiqlar sadolari ostida maroqli dam oldilar. Tabiiyki, sayohat milliy taomlarsiz to‘liq bo‘lmasdi — shashlik va palov bilan bezatilgan chiroyli dasturxon talabalarni yanada birlashtirdi.
Ushbu loyiha nafaqat dam olish, balki liderlik, ijodkorlik va ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. Talabalar o‘z taassurotlarini musiqalar, kulgili o‘yinlar va iliq tabassumlar bilan baham ko‘rdilar.
Comments