Tashkent International Universityda “Zakovat” oʻyini!
- TIU

- Nov 11
- 1 min read
11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni va O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan, joriy yilning 10-noyabr kuni Tashkent International Universityda professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
⚡️O‘yin davomida jamoalar o‘z bilimi, topqirligi va mantiqiy fikrlash qobiliyatini sinovdan o‘tkazishdi. Savollarga javob berish jarayonida ishtirokchilar o‘zaro raqobat bilan bir qatorda, quvnoq muhitda bilim almashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Eng bilimdon jamoalar quyidagicha e’tirof etildi:
🥇 1-o‘rin — “Crystal clear” jamoasi — bilim, jamoaviylik va tafakkur uyg‘unligi namunasini ko‘rsatdi.
🥈 2-o‘rin — “Puankare” jamoasi — mantiqiy yondashuv va topqir javoblari bilan e’tibor qozondi.
🥉 3-o‘rin — “FEMIDA” jamoasi — har bir savolda qat’iyat va jamoaviy ruhni namoyon etdi.
✨Tadbir yakunida g‘olib jamoalar universitet kasaba uyushmasi tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Barcha ishtirokchilarga faol ishtiroki uchun minnatdorlik bildiramiz!
























Comments