top of page
Search

Tashkent International Universityda SHAXMAT bo’yicha “DIREKTOR KUBOGI” musobaqasi bo’lib o’tdi.

  • Writer: TIU
    TIU
  • May 16
  • 1 min read


“Sport oyligi” doirasida talaba-yoshlar o’rtasida sportni ommalashtirish, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, mahoratli sportchi yoshlarni aniqlash va ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida joriy yilning 15-may kuni shaxmat bo’yicha musobaqa bo’lib o’tdi.


Ko‘tarinki kayfiyatda, qizg‘in va do‘stona ruhda o‘tgan aqllar jangi bahslari natijalariga ko’ra:


1-o'rin. Sodiqov Akobirxon Sodiq o’g’li;

2-o'rin. Raxmonov Feruz Azim o’g’li;

3-o'rin. Maxamadjonov Zafarjon Maxmudjon o’g’li.


Ushbu musobaqada g’oliblikni qo’lga kiritgan ishtirokchilar maxsus diplom, medal, kubok hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

 
 
 

Comments


Tashkent International University

+998 95 131-55-55

+998 95 383-55-55

info@tiu.uz

bottom of page