Tashkent International University vakillari xalqaro forumda ishtirok etdi
- TIU
- Jun 3
- 1 min read
2025-yil 28–30-may kunlari Janubiy Koreya Respublikasida bo‘lib o‘tgan "Jeju Forum for Peace and Prosperity" xalqaro anjumanida Tashkent International University vakillari munosib ishtirok etdilar.
Raqamlashtirish va axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektor A. Abdullayev tomonidan “Digital transformation and artificial intelligence in the higher education system of Uzbekistan” mavzusida ma’ruza taqdim etildi.
Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar departamenti boshlig‘i D. Raxmonov “Re-internationalism of Uzbek universities in the international rankings: PROBLEMS AND PERSPECTIVES” mavzusida o‘z fikr va takliflari bilan ishtirok etdi.
Mazkur forum oliy ta’lim tizimida raqamli transformatsiya, sun’iy intellektdan foydalanish, xalqaro reytinglarda ishtirok va hamkorliklarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Comments