Tashkent International University va Tompkins Cortland Community College (AQSh) o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
- TIU
- Apr 30
- 1 min read
Updated: May 2
Tashkent International University vakillari va AQShning Tompkins Cortland Community College (TC3) vakillari o‘rtasida Zoom platformasi orqali rasmiy uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda universitet Rektori Jun Yong Wook, Ilmiy tadqiqotlar va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Sherzod Xannaev hamda Xalqaro hamkorlik departamenti boshlig'i Gulmira Axmadjonova ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilib, qo‘shma dasturlar va akademik sheriklik imkoniyatlari ko'rib chiqdi.
Tompkins Cortland Community College — AQShning Nyu-York shtatida joylashgan davlat kollejidir. Kollej sifatli ikki yillik akademik dasturlari, talabalar transfer imkoniyatlari va xalqaro hamkorlik faoliyati bilan tanilgan.
Comments