“Tashkent International University” hamda “DGIST” hamkorlik uchrashuvi
- TIU
- Apr 18
- 1 min read
Toshkent Xalqaro universitetiga Koreya Respublikasining Daegu Gyeongbuk Institute of Science and Technology universiteti (DGIST) delegatsiyasining rasmiy tashrifi bo’lib o’tdi.
Uchrashuv davomida
Qo‘shma taʼlim dasturlarini tashkil etish;
STEM yo‘nalishlari, xususan muhandislik va IT sohalarida qo‘shma taʼlim dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar olib borish;
Talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi;
Yozgi maktablar, talabalar almashinuvi masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, 2026-yilda TIU talabalari Koreyada o‘tkaziladigan yozgi maktabda qatnashishlari imkoniyati ham muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro anglashuv memorandumini (MoU) imzolash orqali hamkorlikni rasmiylashtirishga kelishib oldilar. Mazkur memorandum TIU rektori Jun Yong Wookning joriy yil may oyidagi Koreyaga tashrifi davomida imzolanishiga kelishilindi.
Comments