top of page
Search

TALABALAR OLIY MAJLISDA

  • Writer: TIU
    TIU
  • May 27
  • 1 min read

Updated: May 29


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29-apreldagi PF–5987-sonli “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta'minlash, yuridik kadrlarning nazariy bilimini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash maqsadida, Yurisprudensiya fakulteti talabalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyati bilan tanishish maqsadida tashriflari amalga oshirildi.


Tashrif davomida talabalar:


Qonunchilik palatasi faoliyati bilan bevosita tanishishdi;

Qonunlar qanday ishlab chiqilishi va muhokama qilinishi jarayonida ishtirok etishdi;

Deputatlar va mutaxassislar bilan ochiq muloqotda bo‘lishdi.


Bunday tashriflar talabalarning yuridik bilimlarini real siyosiy-huquqiy jarayonlar bilan bog‘lash, qonunchilik va davlat boshqaruvi tizimini yanada chuqurroq anglash imkonini berdi.


Prezidentimizning yuqoridagi farmonida ta’kidlanganidek, yuridik ta’limda amaliyotning roli beqiyos ahamiyatga ega. Mazkur tashabbus – yosh yuristlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish sari yana bir qadam bo‘ldi.

 
 
 

Comments


Tashkent International University

+998 95 131-55-55

+998 95 383-55-55

info@tiu.uz

bottom of page