top of page

Talaba-yoshlar bilan uchrashuv

Writer: TIUTIU

Joriy yilning 12-fevral kuni Toshkent Xalqaro universiteti tashabbusi bilan universitetning sirtqi va masofaviy taʼlim shakllarida tahsil olayotgan talabalar uchun “Globallashuv sharoitida jamiyatimizdagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligi va milliy qadriyatlarimizga yot boʼlgan gʼoyalarga qarshi kurashishda taʼlim va maʼrifatning oʼrni” mavzusida profilaktik uchrashuv va maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi.


Tadbirni Toshkent Xalqaro universiteti rektori Dr. Jun Yong Wook hamda universitet direktori I.B.Yuldashev kirish so'zi bilan ochib, har bir mamlakatning jadal rivojlanishi, yutuqlarga erishishi va farovon bo‘lishi avvalambor yoshlar ta'lim-tarbiyasi va kelajagiga berilgan yuksak e'tibor mahsuli ekanligi bildirib o'tildi.


Mazkur tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi direktori R.Mamatov, markazning bo'lim boshlig'i Sh.G'ulomov, Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, tarix fanlari doktori I.Bekmirzayev, Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi Yoshlar siyosati va maʼnaviy-tarbiyaviy ishlar boshqarmasi boshligʼi o'rinbosari X.Eshovlar o'z ma'ruza va taqdimotlari bilan ishtirok etdib, O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo'lib, yoshlar tarbiyasi – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotidagi muhim omil ekanligini ta'kidlab o'tishdi.


Uchrashuvda “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” hamda “Globallashuv sharoitida jamiyatimizdagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligi, milliy va diniy qadriyatlarimizga yot boʼlgan gʼoyalarga qarshi kurashishda taʼlim va maʼrifatning oʼrni” mavzulari ekspertlar tomonidan keng yoritib berildi.


Uchrashuv soʼnggida Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti hamda Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan oʼtkir syujetga va hayotiy voqealarga asoslangan “Uch qahramon” badiiy filmi namoyish etildi.

 
 
 

Comentarios


Tashkent International University

+998 95 131-55-55

+998 95 383-55-55

info@tiu.uz

bottom of page