QADRIYATLARING BOQIY BO`LSIN, NAVRO`Z!
- TIU
- Mar 20
- 1 min read
Tashkent International Universityda joriy yilning 20-mart kuni "Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro`z" shiori ostida bayram tantanalari bo‘lib o`tdi.
Tadbirni universitet rektori Jun Yong Wook ochib berdi hamda kirib kelayotgan Navro`z ayyomi bilan barchani samimiy tabrikladi.
Tadbir davomida universitetning iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan raqslar, kuy va qo‘shiqlar bayram tadbirining yanada yuqori kayfiyatda o‘tishiga sababchi bo‘ldi.
Shuningdek, tadbirda Yunusobod tumani 9-Ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabining iqtidorli o`quvchilari o‘zlarining badiiy chiqishlari bilan ishtirok etdilar. Ular ijrosidagi sho`x raqslar bayram qatnashchilariga xursandchilik ulashdi.
Comentarios