O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga tashrif
- TIU
- May 29
- 1 min read
Updated: May 29
Yurisprudensiya fakulteti talabalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga tashrif buyurishdi.
Mazkur tashrif davomida talabalar mamlakatimizdagi konstitutsiyaviy nazorat tizimi, uning huquqiy asoslari va sudning faoliyati bilan bevosita tanishdilar.
Ushbu tashrif chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2017-2022 yillardagi raisi, hozirda esa Konstitutsiyaviy sud sudyasi lavozimida faoliyat yuritayotgan hurmatli Komilov Kozim Fazilovich boshchiligidagi sudyalar tomonidan talabalarga ma’ruzalar eshittirildi.
Uchrashuv davomida sudyalar Konstitutsiyaviy sudning funksiyalari, konstitutsiyaviy nazoratning dolzarb masalalari va sud hujjatlari orqali inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlari haqida chuqur tahliliy fikrlar bildirdilar.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi hamda amaliy huquqiy bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Bu kabi tashriflar talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, ularni huquqiy tafakkurga ega bo‘lgan, yuksak malakali mutaxassislar etib shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Comments