“Kitobxonlik haftaligi” tadbiri
- TIU
- Apr 25
- 1 min read
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi qarorga asosan har yili aprel oyida mamlakatimizda an’anaviy “Kitobxonlik haftaligi” tadbiri o’tkaziladi.
Joriy yilning 24-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida “O’zbekiston - kitobxonlar yurti” shiori ostida o’tkazilayotgan V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” tadbirlarida Tashkent International University talabalari faol ishtirok etdilar.
Tadbirda ishtirok etishdan asosiy maqsad kitobxonlik madaniyatini va oilaviy kitobxonlik an’analarini targ‘ib qilish, yosh avlodni milliy adabiyotga, ona Vatanga yuksak muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
Commentaires