Joriy yilning 27-may kuni Toshkent Xalqaro Universitetida unitilmas tadbir bo‘lib o‘tdi.
- TIU
- May 27
- 1 min read
Updated: May 29
Unda Biznes va innovatsion ta'lim fakultetining Xorijiy til va adabiyoti (Ingliz tili) yo’nalishi talabalari tomonidan ingliz yozuvchisi Jane Austinning mashhur asari-“G’urur va andisha” hikoyasi asosida spektakl shaklida sahnalashtirildi.
Tadbirning ochilish qismida universitetning Ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Sherzod Hamnayevich so‘zga chiqib, o‘zlarining ilhomlantiruvchi nutqi bilan tomoshabinlarga katta ruh bag‘ishladi.
Tadbir mehmoni sifatida Angliyalik professor Richard Goodall, Shotlandiyalik professor Roan Wallase va Koreyalik professor Sunggjik Lee ishtirok etib, o‘zlarining samimiy fikr-mulohazalari bilan tomoshaga bo‘lgan yuksak munosabatlarini bildirdilar.
Tadbir yakunida, Biznes va innovatsion ta'lim fakulteti dekani Ibrohimjon Foziljonov tadbir mehmonlari va ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirib, esdalik sovg’alari va sertifaklar topshirdi.
Bunday madaniy tadbirlar talabalarning ijodiy salohiyati, ingliz tilidagi mahorati va xalqaro do‘stlikning yuksak namunasi bo‘lib xizmat qiladi va ularni mustaqil talimga, ayniqsa kitob mutola qilishga qiziqishga yanada ortiradi.
Comments