#Dolzarb90kun
- TIU
- Jun 25
- 1 min read
Updated: 4 days ago
AQL VA IRODA TO’QNASHUVI - SHAXMAT MUSOBAQASI!
♟Tashkent International Universityda joriy yilning 24-iyun kuni “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida ♟SHAXMAT musobaqasi o’tkazildi.
➡️Musobaqada universitetning sirtqi hamda masofaviy ta’lim shakllarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishdi.
🟢Shaxmat musobaqasi doirasida ishtirokchilar har bir yurish orqali o‘zlarining strategik fikrlash qobiliyatini namoyon etdilar. Bu esa talabalar o’rtasida intellektual muhit yaratdi va aql-zakovatga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
📣Musobaqa natijalariga ko’ra:
🥇Sultonbekov Nazarbek Murodbek o’g’li - HQ-6-24s guruh talabasi;
🥈Raxmonov Feruz Azim o’g’li - EK-2-24s guruh talabasi;
🥉Abdullayev Diyorbek Yorqinjon o’g’li - HQ-2-23s guruh talabasi.
🏆G’olib ishtirokchilar universitet tomonidan diplom, medal, ramziy kubok hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
🔥Oldinda sizni yana ko’plab musobaqalar kutmoqda!
Har biringizda o‘z iqtidoringizni namoyon etish, jamoa bilan birga harakat qilish va yutuqlarga erishish imkoniyati mavjud.
Comments