“DIREKTOR KUBOGI” DOIRASIDA SPORTNING STOL TENNISI BO’YICHA O’TKAZILGAN MUSOBAQA G’OLIBLARI TAQDIRLANDI.
- TIU
- May 7
- 1 min read
“Sport oyligi” doirasida talaba-yoshlar o’rtasida sportni ommalashtirish, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, mahoratli sportchi yoshlarni aniqlash va ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida joriy yilning 7-may kuni Tashkent International Universityda sportning stol tennis turi bo’yicha “Direktor kubogi” musobaqasi o’tkazildi.
Qizg’in va jonli o’tgan musobaqada ishtirokchilar epchillik, tezkor qaror qabul qilish va aniqlik bo’yicha o’z mahoratlarini namoyish etdilar.
Yigitlar o’rtasidagi bahslarda:
1-o'rin. Abdurahimov Mirjalol To’lqin o’g’li;
2-o'rin. Aliqulov Asliddin Umarqulovich;
3-o'rin. Azimov Firdavs G’olib o’g’li.
Qizlar o’rtasidagi bahslarda:
1-o'rin. Ismonova Dilfuza Muzaffar qizi;
2-o'rin. Hoshimova Nargiza O’tkir qizi;
3-o'rin. Tursunova Madinaxon Rustam qizi.
Musobaqa g’oliblari universitet tomonidan ramziy kubok, maxsus diplom, medal hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.