Crypto Week 2025!
- TIU
- Apr 18
- 1 min read
Joriy yilning 18-aprel kuni Tashkent International Universityda “PraeLegal” kompaniyasi hamkorligida zamonaviy texnologiyalar olamiga doir yirik tadbir — “Crypto Week” konferensiyasi bo‘lib o‘tdi!
Mazkur konferensiya doirasida quyidagi mavzular muhokama qilindi:
Texnologik o‘zgarishlar sharoitida nizolarni hal qilish va oldini olish
Blokcheyn asosidagi nizolarni hal qilish protokollari orqali markazlashmagan adolat tizimi
Bolgariyadagi sarmoya arbitraji misolida kriptoaktivlarni himoya qilish
MDH mintaqasida blokcheyn, fintech va kripto bo‘yicha nizolar – imkoniyatlar va muammolar
Chegarasiz nizolar: shartnomasiz kripto mojarolarini hal qilish
Raqamli moliya va xavfsizlik, korporativ tergovlarda sun’iy intellekt, raqamli forensika va eDiscovery vositalarining huquqiy jamoalarga yordami
Blokcheyn, fintech va kripto bo‘yicha arbitrajdagi yurisdiktsion muammolar
Ushbu konferensiya – sohaga qiziqqanlar uchun noyob imkoniyat maydonidir! Soha mutaxassislari, yuristlar, investorlar va talabalar bir joyda to‘planib, eng dolzarb mavzularni muhokama qilishdi va yangi bilimlar bilan boyishdi.
“Crypto Week” konferensiyasi nafaqat bilim almashish, balki innovatsion fikrlar va yangi tashabbuslarni ilgari surish uchun ajoyib maydon bo‘ldi.
Comments