Bugun, 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!
- TIU

- 6 days ago
- 1 min read
Tashkent International Universityda ushbu muhim sana munosabati bilan "Bir Vatan, bir el, bir bayroq" shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir erta tongdan universitet talabalari hamda professor-o‘qituvchilarining O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasini kuylashi bilan boshlandi.
Bayramona ruhni yanada oshirish maqsadida bayroq tasviri tushirilgan lentalar talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchilarga tarqatildi.
Davlat bayrog‘i — milliy g‘urur va yuksak qadriyat timsoli!
Bir Vatan, bir el, bir bayroq ostida yanada birlashgan holda kelajakka intilamiz!
























Comments