"Bir talabaga — bir loyiha" o‘quv akseleratsiyasi davom etmoqda!
- TIU

- Jun 12
- 1 min read
"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida TIUning iqtidorli talabalari ilmiy-amaliy faoliyatda faol ishtirok etmoqda.
Yaqinda talabalarning faol qatnashuvida iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga nomzod Sultonmurodov Bobir Bahodirovich tomonidan tayyorlangan quyidagi mavzudagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi:
“Bank sektoridagi institutsional o‘zgarishlar sharoitida investitsion loyihalarni moliyalashtirish metodologiyasini takomillashtirish”
(ixtisoslik: 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit)
Ilmiy seminar davomida ilgari surilgan g‘oyalar va takliflar hozirgi zamonaviy bank-moliya tizimi sharoitida investitsion faoliyatni rivojlantirish va moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratildi.
Bunday muhokamalar TIU talabalariga:
-ilmiy fikrlashni shakllantirish,
-sohaga oid chuqur tahlil qilish,
-va professional akademik muhitda faol ishtirok etish imkonini bermoqda.















Comments