Bir jamoa, bir yurak, bir g‘alaba!
- TIU

- Jun 10
- 1 min read
Updated: Aug 20
Bugun TIU da milliy ruh, sport zavqi va birlik kayfiyati hukm surdi! Talabalarimiz Jahon chempionati saralash bosqichidagi O‘zbekiston – Qatar uchrashuvini katta ekran orqali birgalikda tomosha qilib, milliy terma jamoamizga jon deb muxlislik qilishdi.
Azizbek Turg‘unboev, Eldor Shomurodov va Igor Sergeyevning gollari bilan yurtimiz 3:0 hisobida yirik g‘alabaga erishdi. Barchani hayajonga solgan bu lahzalar talabalarimiz uchun unutilmas sport oqshomiga aylandi. Mazkur o‘yinga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham tashrif buyurdi.
TIU’da nafaqat bilim, balki g‘ururli daqiqalarni birga baham ko‘ramiz!
Olg‘a, O‘zbekiston!
















Comments