top of page
Search

Ayol advokatlar o‘rtasida do‘stona hamkorlik

  • Writer: TIU
    TIU
  • May 28
  • 1 min read

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi va Ozarbayjon Respublikasi Advokatlar palatasi qoshidagi Ayol advokatlar alyansi vakillari o‘rtasida muhim hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.


Mazkur uchrashuv davomida Ozarbayjon tajribasi o‘rganilgan holda, aynan shu asosida O‘zbekistonda ham Ayol advokatlar alyansini tuzish tashabbusi ilgari surildi.


"Ayol advokatlar alyansi" – bu nafaqat mutaxassislar o‘rtasidagi hamkorlik, balki ayollarning huquqiy manfaatlarini yanada sifatli himoya qilish uchun kuchli platforma bo‘lishi mumkin.


Mazkur tadbirda Tashkent International University "Huquqiy fanlar" kafedrasi mudirasi, yuridik fanlar doktori, professor Matkarimova Gulchexra Abdusamatovna ishtirok etib, ayollar huquqlarini himoya qilishda bunday tashabbuslarning amaliy ahamiyatini alohida ta’kidladi.


Shu kabi uchrashuvlar xalqaro miqyosda tajriba almashish va yuridik sohada gender tenglikni ta’minlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqmoqda.

 
 
 

Comentarios


Tashkent International University

+998 95 131-55-55

+998 95 383-55-55

info@tiu.uz

bottom of page