Assalomu alaykum, Hurmatli yurtdoshlar!
- TIU

- Aug 31
- 1 min read

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! 🇺🇿✨
Mustaqillik — bizning eng ulug‘ boyligimiz, milliy g‘ururimiz va ertangi kunimizga bo‘lgan mustahkam ishonchimizdir. Shu yillar davomida yurtimiz barcha sohalarda yuksalib, xalqaro hamjamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallab bormoqda. Bu yutuqlarda siz, aziz yurtdoshlarimizning fidoyiligi, ilmga va ma’rifatga bo‘lgan intilishi beqiyos o‘rin tutadi.
Toshkent Xalqaro Universiteti ham ushbu taraqqiyot jarayonining ajralmas bir bo‘lagi sifatida yosh avlodni bilimli, tashabbuskor va raqobatbardosh kadrlar etib tarbiyalash yo‘lida tinimsiz mehnat qilmoqda. Bizning eng katta maqsadimiz – mustaqil O‘zbekiston kelajagi uchun fidoyi va zamonaviy yoshlarni voyaga yetkazishdir.
Shu qutlug‘ kunda sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, tinchlik va farovonlik, shuningdek, barcha ezgu intilishlaringizda ulkan yutuqlar tilayman.
Hurmat bilan,
Iskandar Yuldashev




Comments