top of page

3-mart kuni Tashkent International University va Koreyaning Inha Yuridik Maktabi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Writer: TIUTIU

Updated: Mar 6



Uchrashuvda Koreyaning Inha Yuridik Maktabi dekani hamda ikki nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Ushbu uchrashuvda ikki oliy ta'lim muassasasi o‘rtasida akademik hamkorlikni rivojlantirish va o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan bir qator muhim masalalar muhokama qilindi.


Muhokama mavzusi:


Uchrashuv davomida Tashkent International University talabalarini Inha universitetining Ai-Huquq dasturi doirasida magistraturaga yuborish imkoniyatlari muhokama qilindi. Ushbu dastur sun'iy intellekt (AI) va huquqning integratsiyasi bo‘yicha yetakchi ta'lim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, talabalar uchun yangi akademik imkoniyatlar yaratadi.


Shuningdek, yaqin kelajakda akademik hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

 
 
 

Comments


Tashkent International University

+998 95 131-55-55

+998 95 383-55-55

info@tiu.uz

bottom of page