21-oktabr “O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan Tashkent International Universityda tantanali bayram tadbiri o’tkazildi.
- TIU

- Oct 21
- 1 min read
Tadbirda universitet rahbariyati, rektor I.B. Yuldashev, professor-o’qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
✍️Tadbir davomida talabalar o‘zbek tilining tarixiy ahamiyati, buyuk adiblarimizning merosi va tilimizning boy imkoniyatlarini e’tirof etishdi.
🌺Bayram doirasida “Ma’rifat ulashib” loyihasi asosida adabiy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvga Yozuvchilar uyushmasi a’zolari:
-Nurali Qobul;
-Guljamol Asqarova;
-Nabi Jaloliddin kabi taniqli ijodkorlar tashrif buyurdilar.
✍️Ular yoshlarga o‘z ijodiy tajribalari, adabiyotning inson qalbidagi o‘rni va o‘zbek tilining bebaho qadriyati haqida so‘zlab berishdi.
📖Mazkur ma'naviy-ma'rifiy tadbirda iqtidorli talabalar tomonidan shoirlarning mualliflik she'rlari o'qildi hamda talabalar ijrosida raqs va qo'shiqlar ijro etildi.
🟢Universitetda o‘tkazilgan adabiy-ma'rifiy uchrashuvda ishtirok etgan mehmonlarga “Tashakkurnoma” va esdalik sovg‘alari topshirildi.
🔖Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlikni oshirish, yoshlarda Vatanga muhabbat va daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlash, shuningdek, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi.






















Comments