Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida Toshkent Xalqaro universitetida mustaqil izlanuvchi (DSc, PhD) ga hujjatlari qabul qilingan talabgorlar uchun suhbat jarayoni bo‘lib o‘tdi.
Quyidagi yo‘nalishlarda:
DSc, PhD
08.00.07-Moliya, pul muomalasi va kredit
08.00.13-Menejment
08.00.16-Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya
Ixtisosliklari bo‘yicha imtihonlar soha mutaxassislaridan iborat komissiya a’zolari tomonidan Nizom talablari asosida baholab borildi.
Suhbat davomida talabgorlarning ilmiy izlanish qobiliyatlari, tanlangan mavzu bo‘yicha bilim va tushunchalari, shuningdek, tadqiqot yo‘nalishidagi amaliy ko‘nikmalari muhokama qilindi.
Comments