
Tashkent International Universityda 2023 yil 21 dekabr kuni direktor va talaba yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
📚Uchrashuvda mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun mohiyati va uning universitet hayotidagi o‘rni mavzusida taqdimotlar o‘tkazildi.
👨🎓 Mazkur uchrashuvda mamlakatimiz talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy kabi nomdor Davlat stipendiyalariga, talaba qizlar uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti singari, shuningdek universitet tomonidan grantlar taqdim etilishi, ikkita mutaxassislik berilishi kabi imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
TIU - BILIM VA IMKONIYATLAR BIRLASHGAN MASKAN!
Comments