Bugun Toshkent Xalqaro Universitetida Malayziyaning nufuzli oliy taʼlim dargohi — Universiti Utara Malaysia (TOP-554) rasmiy delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tashrif UUM tarkibidagi Othman
- TIU
- May 1
- 1 min read
Mazkur uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida qator masalalar muhokama qilindi. Jumladan:
Magistratura va PhD yo‘nalishlarida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish
Professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi tizimini yo‘lga qo‘yish
Ikki tomonlama akademik va ilmiy hamkorlikni kuchaytirish
Eng e’tiborlisi, uchrashuv yakunida Hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi. Ushbu hujjat ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida uzoq muddatli, strategik hamkorlik asoslarini belgilaydi.
Tashrif Toshkent Xalqaro Universitetining xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotganini yana bir bor tasdiqladi. UUM bilan o‘rnatilgan aloqalar esa nafaqat ilmiy almashinuvlar, balki sifatli kadrlar tayyorlash borasida ham muhim qadamlardan biridir.
Comments