SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

O'ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQI TOSHKENT ISLOM UNIVERSITETI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI 

 yosh

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoyevning farmoniga binoan, O'zbekiston “Kamolot” yoshlar harakatining 2017-yil 30-iyunda bo‘lib o‘tgan IV Qurultoyi qaroriga muvofiq, mamlakat yoshlarini birlashtiruvchi, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi, yoshlarni yagona ezgu maqsad yo'lida birlashtiruvchi O'zbekiston yoshlar ittifoqiga asos solindi. O'zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun 30-iyun mamalakatimizda "Yoshlar kuni" deb e'lon qilindi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, yoshlarni tashqi tahdidlar va “ommaviy madaniyat”ning zararli ta’siridan muhofaza qilish, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama ko‘maklashish va shart-sharoitlarni yaratish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan ittifoq tashkiliy-huquqiy shaklida tuzilgan, O‘zbekiston yoshlarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotidir.

         Ittifoqning asosiy maqsadi: yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iborat.

Ittifoqning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozitsiyasi va qat’iy e’tiqodiga ega, jamiyat hayotida munosib o‘rin egallash, mamlakatni isloh qilish, yangilash jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir yoshlarni shakllantirish, ularning siyosiy madaniyati, huquqiy savodxonligi va huquqiy ongini yuksaltirish;
  • yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy xotira, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash, ro‘y berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish;
  • yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning zamonaviy kasblarni egallashga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish;
  • iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ilmiy faoliyatga jalb qilish;
  • yoshlar, xususan uyushmagan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb qilish;
  • yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni diniy-ekstremistik va boshqa buzg‘unchi tashkilotlar ta’siridan, chetdan “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan salbiy ta’sir va tahdidlardan asrash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni profilaktika qilish va oldini olishga ko‘maklashish va boshqalar.

Ittifoqqa yuridik va jismoniy shaxslar Ustavda belgilangan tartibga asosan a’zo bo‘lish mumkin. Ya`ni, Ittifoqning maqsadini qo‘llab-quvvatlash istagini bildirgan,14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida muntazam yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan jismoniy shaxslar Ittifoqning a’zosi bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga yoshlar sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar sohasiga oid korxona, muassasa va tashkilotlar hamda ta’sis hujjatlari Ittifoqning Ustav maqsadlari, vazifalari va dasturiy hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa yuridik shaxslar ham Ittifoqqa a’zo bo‘lishi mumkin.

Ittifoqning rahbar organlariga quyidagilar kiradi: 

  • Qurultoy;
  • Markaziy Kengash;
  • Markaziy Kengash Ijroiya qo‘mitasi;
  • Markaziy nazorat-taftish komissiyasi.

Ittifoqning tuzilmasiga quyidagilar kiradi:

  • Ittifoqning Markaziy apparati;
  • Ittifoqning hududiy tuzilmalari;
  • Ittifoqning mahalliy tuzilmalari;
  • Ittifoqning boshlang‘ich tashkilotlari;
  • Ittifoqning to‘liq muassisligidagi yoki qoshidagi korxona, tashkilot va muassasalar, shu jumladan ommaviy axborot vositalari.

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2017 yil 22 avgustdagi 39/10-sonli qo'shma qaror bilan tasdiqlangan “O'zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta'lim muassasalaridagi boshlang`ich tashkilotlari to'g`risida”gi nizomga asosan Toshkent islom universitetining tashabbuskor guruh talabalari hohish irodasiga muvofiq 2017 yil 7 sentabrda ta`sis yig`ilishi bo`lib o`tdi va  O'zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent islom universitetidagi boshlang`ich tashkiloti tashkil etildi.

 

O`zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent islom universitetidagi BT faoliyatning ustuvor vazifalari:

  1. "Yoshlar - kelajak bunyodkori" shiori ostida faoliyat olib borish
  2. Yoshlarning huquqlarini turli xil mafkuraviy tahdidlardan saqlash
  3. Demokratik davlat qurish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish
  4. Yoshlarning zamonaviy kasb-hunar egallashi uchun munosib sharoitlar yaratish
  5. Yoshlarning ilmiy va badiiy kitoblarga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish
  6. Yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish
  7. Talabalar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish.
  8. Iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni o`z iqtidorini namoyon etish uchun imkoniyatlar yaratib berish.
  9. Yoshlar ittifoqi faollarini moddiy qo`llab quvvatlashga tavsiya etish.

O`zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent islom universitetidagi Tashkiliy tuzilmasi

  1. Yoshlar yetakchisi To'layev Boborahim
  2. Yoshlar yetakchisining birinchi o'rinbosari; Talabalar murojaatlari bilan ishlash yo'nalishi yetakchisi Ochilov Bekzod
  3. Faol iqtidorli yoshlar bilan ishlash yo'nalishi yetalchisi Toshmatov Islom
  4. Tashabbus va yoshlar tadbirkorligi yo'nalishi yetakchisi G'ulomov Bahrom
  5. Ta'lim jarayoni sifatini monitoring qilish yo'nalishi yetakchisi Bazarov Yoqubjon
  6. Muddatli harbiy xizmatni o'tab, o'qishga qabul qilingan talabalar bilan ishlash yo'nalishi yetakchisi Xudoyorov Asliddin
  7. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va yoshlar turizmi yo'nalishi yetakchisi Namozova Maftuna
  8. Sport, salomatlik yo'nalishi yetakchisi Yangiboyev Samandar
  9. Ijtimoiy himoyaga muhtoj va imkoniyati cheklangan talabalar bilan ishlash yo'nalishi yetakchisi Mirzaliyev Mirsaid
  10. Tashkiliy-nazorat va kadrlar yo'nalishi yetakchisi Barotova Gulnoza
  11. Boshlang'ich tashkilotning mehnat jamoasidagi yetakchisi Madrahimov Alisher
  12. Boshlang'ich tashkilotning talabalar turar joyidagi yetakchisi Pato'llayev Nekro'z
  13. Matbuot kotibi, yoshlar media guruhi rahbari Zaynutdinova Muslima
  14. FITF yetakchisi Pardayev Abdurahim
  15. ITF yetakchisi Yoqubov Shoxrux
  16. Munozara klubi koordinatori Alijonov Muslimbek
  17. Kitobxonlik klubi koordinatori Ziyodov Habibullo
  18. Talaba qizlar bilan ishlash yetakchisi Shokomolova Maftuna
  19. Yoshlar yetakchisining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Maxmasobirova Feruza

  2018 yil Tadbirkorlik, innovatsiyalar va texnologiyalar yili

 

 

 

 

 

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top