SJ News II - шаблон joomla Авто

LOGO

Bu zamin unda tug‘ilmish bori el volidasi,

Tarbiya aylamish bo‘lib tunu kun parvonasi.

O‘zga yurtga shohlikdan xushdur bo‘lmoq devonasi,

Qay yurakda porlar iymon, beshak uning g‘oyasi:

Vatanning himoyasi, Vatanning himoyasi.

 

Kerak bo‘lsa Jaloliddindek zo‘r qalqon bo‘lingiz,

Sohibqiron yo‘lin tutib, mardi komron bo‘lingiz,

Navoiydek  yurtni sevib, komil inson bo‘lingiz,

Buyuk ajdodlarga loyiq  avlodlarning g‘oyasi:

Vatanning himoyasi, Vatanning himoyasi.

 

Yurtini sevganlar kerak bugun ulug‘ xizmatga,

Yurtboshi chorlamish bizni savobu saodatga. 

Munavvar aylang o‘lkani azm etib qiroatga,

Ezgu maqsadga  ittifoq etgan yoshlar  g‘oyasi:

Vatanning himoyasi, Vatanning himoyasi

 

Jondan aziz jon dilbandim atrofga boq, ko‘zing och!

Qara ne savdo jahonda, jaholat yo‘lidan  qoch!

Buxoriy, Xorazmiy yanglig‘ ma'rifat nurlarin soch!

Mudom  qalbingda jo bo‘lsin mard o‘g‘lonlar g‘oyasi:

Vatanning himoyasi, Vatanning himoyasi!

Saidafzal Saidjalolov

Read 200 times
Share this article

banner tiu

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top