SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

Din – o‘ta murakkab ijtimoiy hodisa. U o‘ziga xos tarkibga ega bo‘lib, kishilik jamiyatining uzoq davom etgan ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti hosilasidir. Din kishilarning g‘ayritabiiy kuchlarning mavjudligiga ishonishdan yuzaga kelgan[1].

Xitoy aholisi barcha xalqlar ichida kasb-hunarni eng aniq va mukammal darajada bajaradigan bajaradigan insonlardir. Bu ularning ahvollaridan ham ma’lum. Odamlar ularni kitoblarida ta’riflab, haddan tashqari maqtaganlar. Ayniqsa, surat chizishning mukammaligida na rumliklar va boshqalar ular bilan raqobatlasha oladilar. Bunda ular o‘ziga xos buyuk iqtidorga egadirlar[2].

Xitoyda xristianlik dini Tan  sulolasi rivojlanib borgan davrdan boshlab, 7 asrdan kirib kela boshlagan. 19 asrga kelib ko‘p xristian missionerlari Xitoyga asosan port shaharlar orqali kirib kelgan. 1949-yilda xristian missionerlari g‘ayriqonuniy ravishda tezlik bilan kirib kela boshlagan. Hozirgi kunga kelib Xitoyda Xristianlikning katolik va protestantlik yo‘nalishlari mavjud. Ortodoksal xristianlar Xitoyda ozchilikni tashkil etadi. Xitoyda xristianlikning 7 asrda paydo bo‘lishiga qaramay, qadimiy dinlar hisoblangan  Daosizm, Mahayana buddizmi , konfutsiylik kabi dinlarning ta’siri kuchli bo‘lgan. Xitoyda 1970-yilda davlat iqtisodini isloh qilish jarayonida dinlar cheklangan vaqtda , xristianlar ko‘payishi yengillashgan. Xristianlar o‘sha vaqtda 4 millionni tashkil etgan (3 million Katoliklar va 1 million Protestantlar)[3] .

Yaqinda o‘rganilgan tadqiqotlarga qaraganda Xitoyda xristianlar 31 millionni tashkil etadi. Tashkil etgan raqamlar (umumiy aholining 2.3 ) tashkil etadi.  Xitoy hukumat organlari tomonidan Xristianlik dinini nazorat qilish davom etmoqda. Agar xitoyliklar Xristianlik diniga kirmoqchi bo‘lsa, Xitoy hukumati tomonidan ro‘yxatga olinib ma’qullanadi. Agar voyaga yetmagan  shaxs bo‘lsa,  Xristianlik diniga kirishga ruxsat berilmaydi. Xitoyliklar  18 yoshga to‘lsa,  rasmiy ruxsat beriladi xristian guruhlariga  qo‘shilishga. Xitoyda protestantlarning o‘sha vaqtda 3 cherkovi bo‘lgan. Bundan tashqari Xristinlarning “Xitoy Xristian cherkovi”, “Xitoylik vatanparvarlarning katolik cherkovi” deb atalgan cherkovlar mavjud[4].

         Xristianlik yo‘nalishlari xitoy tilida quyidagicha ataladi: Protestantlik  xitoychada “Jidu jiao xin jiao” so‘zma-so‘z aytganda: (“Iso ( a.s)  dinlarinining yangi dini”); “Katoliklik” xitoychada “Tianzhu jiao” so‘zma-so‘z aytganda: (“Samoviy boshqaruvchining dini”) va “Sharqiy ortodoksal xristianlari”  xitoychada “Dong zheng jiao” so‘zma-so‘z aytganda: (“Sharqiy ortodoksal din”) . Umuman olganda ortodoksal xristianlik Xitoychada “Zheng jiao” deb ataladi. Xitoydagi xristianlar Iso (a.s) izdoshlari va ishonuvchilariga aloqador hisoblanadi.

Xitoyga xristianlik kirib kelganini asoslaydigan birinchi hujjat 8 asrda toshli kichkina yog‘och taxtalarga xristianlik tarixi yozilgan. Bu yozuvlarda aytilishicha Xristianlar Tan sulolasi poytaxtiga 635-yili yetib kelgan. Xristianlar Tan sulolasi davrida   aholi orasida dinga targ‘ib qilishga ruxsat etilgan. O‘sha davrda xristian sayohatchilari boshlig‘i Alopen bo‘lgan

Buddizmga qarshi bo‘lgan  va uni ta’qib qilgan imperator Vuzong 845-yili qaroriga binoan, Buddizm, Xristianlik, va Zardushtiylik dini man etildi. Ularning juda  zaruriy bo‘lgan mol-mulklari davlat tomonidan musodara etildi. Sharqning eng katta ruhoniysi hisoblangan  Xitoydagi Xristianlar ahvoli to‘g‘risida  986-yili shunday ma’lumot beradi: Xristianlik Xitoyda so‘nib qolgan, tub yerli Xristianlar vafot etgan, Xristianlik cherkovlari vayron etilgan, faqatgina bitta xristian bor va u   Xitoyning boshqa hududiga ko‘chib o‘tgan. Karl Piter Xristian maqbaralarini o‘rganib, sanasiga e’tibor beradi. Tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, Li sulolasi davrida ba’zi Xristianlar Xitoyda  qolganiga ishora qiladi[5].

         13 asrga kelib, Mo‘g‘uliston Xitoyda Yuan sulolasiga asos solgan. Mo‘g‘uliston imperiyasi Xristianlik diniga ko‘p ta’sir o‘tkazgan. Bir qancha mo‘g‘ul qabilalari xristianlik diniga e’tiqod qilgan. Chingizxonning ko‘p xotinlarining zurriyotlari Xristian bo‘lgan. Bu vaqtda Xitoyda G‘arbiy Xristianlikning paydo bo‘lish dalillariidan biri Papa tomonidan Mo‘g‘uliston poytaxti Xonbaliqqa elchi kelganligi sabab bo‘lgan. 1289-yilda Fransiyalik rohiblar  xristianlik dinini targ‘ib qilish uchun Xitoyga kelgan. Min sulolasi davrida Fransiyalik ruhoniylarning ta’siri kuchli bo‘lgan. Xitoyda qadimgi davrlarda musulmonlar, yahudiylar, xristianlar , bir xil nomda “Hui Hui” (Hwuy – hwuy) deb atalgan. Xristianlar yorilgan oziq-ovqatlarni iste’mol qilishdan o‘z nafslarni tiyganlar. Musulmonlar cho‘chqa go‘shtini iste’mol qilishdan o‘z nafslarini tiyganlar. Yahudiylar esa, o‘zlarini yagona din hisoblagan[6].

Rim katolik cherkovi va Islom dini o‘rtasidagi bahs-munozaralar Xitoyda Nestorian Xristianlikning paydo bo‘lishiga asos bo‘lgan. Rim katoliklari  Nestorian xristianlarni kofir deb hisoblashgan. 16 asrga kelib Xristianlikning Xitoyda mavjudligi to‘g‘risida bironta ishonchli ma’lumot yo‘q. 1546-yilda Yevropa missionerlari Antonio va unga hamroh bo‘lgan Fransiz Xavyer “josuslik jamiyati” ni tashkil etgan.Bu jamiyat orqali ular Xitoyda missionerlik ishini boshlashga qaror qilishgan. Qanday qilib bo‘lsa ham Xavyer Xitoy mintaqasiga kirish yo‘lini topgan va 1552-yilda Guandon  qirg‘og‘ining  Shandun orolida vafot etgan. Xitoyga 1582-yilda Yevropa josuslari yana kirishgan. Ular Yevropa ilm –fani  matematika va astronomiya bilan Xitoyliklarni tanishtirgan. Bu davrda kirib kelgan missionerlardan biri Mateo Rissi bo‘lgan. Keyingi missionerlar to‘lqinining Xitoyga kirib kelishi Manjuriya (1644-1911) sulolasi davriga to‘g‘ri keladi. Rus pravoslari 1715-yilda Xristianlik bilan tanishtirgan va 1807-yilda Xitoyga Protestantlarning kirib kelishi boshlangan. Manjurlar sulolasining Yon Szi deb atalgan imperatori Manjuriya odamlarining  Xristian diniga kirishiga  qat’iyan qarshi bo‘lgan. U faqat samoviy xudolarga sig‘inishga ruxsat bergan[7].

Xitoyda protestant missionerlari  Robert Morrison bilan ish boshlagan. U Xitoyga 1807-yil 4-sentabrda yetib kelgan. U Xitoyliklarga Bibliyani tarjimasini ishlab chiqqan. U 12 yil davomida Bibliyani tarjima qilish bilan shug‘ullangan. Protestant missionerlari 1835-1836-yilda Xristianlik kitoblarini Xitoyliklarga berishgan. Xristianlar Xitoyda ko‘plab klinika va shifoxonalarga asos solgan va shifoxonlarni hamshiralar bilan ham ta’minlagan. Rim Katolik cherkovi va Protestanlar Xitoyda boshlang‘ich ta’limdan boshlab universitet bosqichigacha juda ko‘plab ta’lim muassasalarini tashkil etgan. Bir qancha mashhur Xitoy universitetlari avvalgi davrda diniy barpo etilgan muassasa hisoblangan. Missionerlar bu muassasalarni kitob bilan ta’minlagan[8].

1842-yil Birinchi afyun urushidan keyin missionerlarning faoliyati ahamiyatli darajada oshdi. Yevropa davlatlarining homiyligi ostida Xristian missionerlari Xitoy maktablarini g‘arblashtirgan. Bu jarayon 19 va 20 asrlargacha  davom etgan. 1840-yil davomida G‘arb missionerlari  xorijiy savdoni ochish orqali qirg‘oq shaharlar orqali Xristianlikni tezlik bilan yoygan. Xitoy Respublikasi boshliqlari xususan Sun Yatsen davrida Xristianlik manbalarini o‘qitish ta’siri kuchayib borgan. Xulosa qilib ta’kidlash joizki, Xristianlik dini Xitoyda kuchli ta’sirga ega bo‘lgan. Xristianlik dini G‘arb missionerlari tomonidan turli davrlarda turli xil usullar bilan olib kirilgan. Bu esa o‘z navbatida Xitoy aholisining aksariyat qismi Xristian bo‘lib qolishiga sabab bo‘lgan.

Dilsora Boltayeva,

  universitet Dinshunoslik yo‘nalishi

3-kurs talabasi

 

[1] A. V. Narbekov.D Dinshunoslik asoslari.Toshkent 2007. B-12

[2] Ibn Battuta. Sayohatnoma. Sharq.Toshkent.2012. B-599

[3] Daniel H. Bays . A New History of Christianity in China. ( Chichester, West Sussex ; Malden, MA: Wiley – Blackwell, Blackwell Guides to Global Christianity, 2012)

[4] Johnstone , Patrick ( 2001) . Operation World. London: Paternoster.

[5] Halbertsma . Early Christian Remains of Inner Mongolia. P. 79.

[6] Chinese and Japanese repository of facts and events in science, history and art, relating to Eastern Asia, Volume 1.s. n. 1863. P.18. Retrieved 2011 – 07- 06.

[7] Mark C. Elliot (2001). The Manchu Way: The Eight Banners and Ethnic Identity in Late Imperial China ( illustrated, reprint ed.). Stanford University Press. P. 240. ISBN 0-8047-4684-2. Retrieved 2012- 03-02.

[8] Gulick, Edward V. ( 1975). Peter Parker and the Opening of China . Journal of the American Oriental Society, Vol. 95, No. 3 ( Jul. –Sep., 1975)., pp.561 -562

Read 176 times
Share this article

  2018 yil Tadbirkorlik, innovatsiyalar va texnologiyalar yili

 

 

 

 

 

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top