SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Toshkent islom universitetida “Mening armiyam – mening faxrim” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

13-yanvar kuni universitetda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan ma’naviy-madaniy tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

arm1

Ma’lumki, milliy armiya, qurolli kuchlar – bu davlat va jamiyatning asosiy xavfsizlik, himoya tizimini tashkil etadi. Bugun dunyoda murakkab siyosiy vaziyat hukm surayotgan tahlikali davrda xavfsizlik, barqarorlik masalalari har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etishini Davlatimiz rahbari takror va takror ta’kidlab, bu borada 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan Harakatlar strategiyasida yurtimiz mudofaa salohiyatini yanada mustahkamlash va Qurolli Kuchlarimizni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilab berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 7-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishiga muvofiq, yurtimizda ushbu bayramga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. Ayniqsa, 12-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan poytaxtning “Navro‘z” istirohat bog‘ida “Armiya va yoshlar” deb nomlangan harbiy-vatanparvarlik festivalining keng miqyosida o‘tkazilishi ham Vatan himoyachilariga, ularning fidokorona mehnatiga bo‘lgan e’tibor va hurmatning namunasidir. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kadrlar masalasi, qo‘shinlarni zamonaviy qurol-yarog‘ bilan ta’minlash, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish, yoshlar va harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan bog‘liq masalalarni hal qilish borasidagi sa’y harakatlari ham bu yo‘ldagi xayrli ishlarning uzviy davomi hisoblanadi.

armi2

Toshkent islom universitetida o‘tkazilgan ma’naviy-madaniy tadbir ham ayni shu jihatlarning uzviy davomi bo‘lib, Vatan himoyachilariga bo‘lgan e'tibor va hurmatning namunasidir.

Tadbirni universitet prorektori Z.Islomov kirish so‘zi bilan ochib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan Qurolli kuchlar, milliy armiyaga bo‘lgan e’tibor va bu sohani takomillashtirishga qaratilgan islohotlar, amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar xususida qisqacha to‘xtalib, Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

armi3

So‘ngra talabalar tomonidan harbiy qasamyod tantanali o‘qildi va harbiy mashg‘ulotlardan namunalar ko‘rsatildi. Vatanparvarlik, tinchliksevarlikni tarannum etuvchi she’r va qo‘shiqlar ijro etildi.

armi4

armi6armi7armi8

Shundan so‘ng, O‘zbekiston “Veteran” jangchi faxriy va nogironlari birlashmasi (“Vatanparvar fidoyilar”)dan bir guruh mutasaddi rahbar va faxriylar tashrif buyurib, talabalar bilan o‘z faoliyatlari, harbiy soha, uning mas’uliyatiga doir suhbatlar olib bordilar. So‘ngra talabalar uchun “Unutilmagan qahramonlar” nomli hujjatli film namoyish etildi. Tadbir davomida talabalar o‘z qiziqish va fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.

armi9O‘tkazilgan madaniy tadbir orqali talabalarda Vatan himoyasi, yurt tinchligi uchun dahldorlik va mas’ullik tuyg‘usi yanada kuchaytirildi.

armi11Matbuot xizmati

  2018 yil Tadbirkorlik, innovatsiyalar va texnologiyalar yili

 

 

 

 

 

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top