SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Misrda O‘zbekiston haqida kitob nashr etildi

Misrlik mashhur yozuvchi, O‘rta Osiyo ishlari bo‘yicha Qohira universiteti tadqiqotchisi Sayyid Ahmad Abduh Tarabekning “O‘zbekiston va islom sivilizatsiyasi o‘choqlari” nomli kitobi nashrdan chiqdi.

ki

Yozuvchi 2014-yildan beri O‘zbekistonga Parlament va Prezident saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurib, O‘zbekiston diyoridan chiqqan allomalar, tarixiy shaxslar va bugungi islohotlar haqida maqolalar yozib turadi.

Yozuvchining ushbu kitobi Movarounnahr hududidan yetishib chiqqan va tafsir, hadis, fiqh, tilshunoslik, matematika, tibbiyot, falsafa, astronomiya va boshqa ilmlar rivojiga ulkan hissa qo‘shgan allomalarga bag‘ishlangan. Kitobda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Imom Zamaxshariy, Abu Ali Ibn Sino, Muso Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Qaffol Shoshiy kabi yigirmadan ortiq bobolarimiz aynan hozirgi kundagi O‘zbekiston hududidan ekanligini barchaga tanishtirishni maqsad qilgan. Bundan tashqari, kitobda Amir Temur va temuriylar, g‘aznaviylar va xorazmshohlar haqida ham ma'lumotlar berib o‘tgan.

A'zamxon Abdurahmonov,

o‘qituvchi

  2018 yil Tadbirkorlik, innovatsiyalar va texnologiyalar yili

 

 

 

 

 

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top