SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Universitetda “Giyohvandlik – chegara, hudud, millat tanlamaydigan mudhish illat” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

25-dekabr kuni mutaxassislar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

 Davra suhbati Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Dastlab giyohvandlik muammosi, uning zararli oqibatlari bo‘yicha tayyorlangan video film namoyish etildi.

ff1

So‘ngra giyohvandlik, narkobiznes muammosi, global tahdidi, inson va jamiyat farovonligiga ta’siri, dunyo miqyosida bu illatning avj olib borishi, ayniqsa, yoshlarning giyohvandlikka berilish, buning sabab va oqibatlari, bu illatga qarshi kurashda xalqaro hujjatlarning qabul qilinishi hamda O‘zbekistonda bu borada olib borilayotgan ishlar, oldini olishga qaratilgan harakatlar, chora-tadbirlar xususida atroflicha ma'lumotlar tinglandi.

Giyohvandlik chegara, hudud va hatto millat tanlamasligi, bu illat barchani o‘z domiga tortishi misollar asosida gapirilar ekan, buning uchun hamisha ogoh va hushyor bo‘lish lozimligi, muayyan kasb bilan shug‘ullanish, kitob mutolaasiga e'tibor qaratish, foydali ish bilan band bo‘lish zarurligi ta'kidlandi.  

ff2

Ma'ruza davomida so‘z olgan mutaxassislar o‘z faoliyat yo‘nalishlari doirasida mavzu bo‘yicha atroflicha ma'lumotlarni berib o‘tdilar.

ff4

O‘tkazilgan davra suhbat orqali talaba-yoshlarda atroflicha bilim hosil bo‘lish barobarida ularda sog‘lom mafkura, sog‘lom ma'naviy muhitni qaror toptirish va eng muhimi, vatan ravnaqiga, yurt kelajagiga dahldorlik tuyg‘usi bilan yashash g‘oyasi hamda hamisha ogoh va hushyor bo‘lish, atrof voqyelikka befarq, loqayd bo‘lmaslik tuyg‘usi  shakllantirildi. 

Matbuot xizmati

  2018 yil Tadbirkorlik, innovatsiyalar va texnologiyalar yili

 

 

 

 

 

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top